Alisher Odilov: "4 yil ichida kim bilan qanday gaplashish kerakligini bilib oldim"

Sherzod Nurmatov
28 noya 2025
Alisher Odilovni futbol jamoatchiligi 4 yil oldin "Olimpik"dagi faoliyati orqali tanigan.

Bu yilni "Navbahor" va "Neftchi"da o'tkazgan to'p tepar 4 yil davomida qanchalik o'zgardi? Avvalgidan farqlar bormi? Saytimizga bergan intervyusida ushbu savolga ham javob berib o'tdi.

"4 yil ichida o'zgargan taraflarimga keladigan bo'lsak, tajriba orttirdim. Kim bilan qanday gaplashish kerakligini bilib oldim. Tavsiya qilardimki, Rossiyaga o'ynagani ketadigan yoshlarga u erda qo'lini ko'ksiga qo'yib, kattani hurmat qilish ish bermaydi. Kerak bo'lsa, urishish ham kerak. "Nagliy" bo'lish lozim. Rossiyada buni yig'ishtirish zarur", – deydi Alisher Odilov.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum bir muddat RPL jamoasi "Ximki"da o'ynab qaytdi. U Kubok doirasida bor-yo'g'i 45 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urgan.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia