Alba Ispaniya termasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi

Omonjon To`xtamirzayev
30 avg 2023
Himoyachi Jordi Alba Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

"Mundodeportivo"ning xabar berishicha, futbolchi qarori haqida Ispan qirolligi futbol Federatsiyasiga (RFEF) bir necha hafta avval xabar bergan.

Futbolchi Ispaniya milliy termasi sharafini 2011 yildan buyon himoya qilib kelardi. O'tgan vaqt davomida u 93 ta o'yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urishga erishdi. Terma bilan Alba Evro-2012 va Millatlar Ligasi-2023da g'olib bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, yozda Alba "Inter Mayami" klubiga o'tgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com