"Al Taavon" Ze Luish bilan shartnoma imzoladi

Alisher
9 fev 2022, 12:28
Rossiyaning "Spartak" va "Lokomotiv" klublari sobiq hujumchisi Ze Luish faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

31 yoshli kabo-verdelik futbolchi "Al Taavon" bilan 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzoladi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni klubi sayti xabar bermoqda. U arab klubiga erkin agent maqomida o'tdi.

Ze Luish joriy mavsum "Lokomotiv" libosida 3ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/altaawounfc