“Al-Shabab” Jo o'rnini Junino bilan to'ldirdi

Dubayning “Al-Shabab” jamoasi safida legioner futbolchi almashdi.

Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibimiz bo'lmish “Al-Shabab” jamoasini braziliyalik mashhur futbolchi Jo tark etdi. Uning o'rni boshqa bir braziliyalik hujumchi Junino Potiguar bilan to'ldirildi.

Junino “Al-Shabab”ga kelgunga qadar so'nggi uch mavsumni Moldova chempionatining “Sherif” klubida o'tkazgan edi. 1990 yilda tavallud topgan ushbu hujumchi “Sherif” safida 39ta uchrashuvda maydonga tushib, 20ta gol urgan. U ilgari Braziliyaning “Ikasa” va “Amerika PE” klublari safida harakat qilgan.


Manba: fcbunyodkor.com