"Al Nassr" Eronga borishni istamayapti

Mirjalol Normatov
4 okt 2024, 01:11
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasi 22 oktyabr kuni Tehronda "Istiqlol"ga qarshi o'ynashi kerak.

Biroq "Marca" ma'lumotiga ko'ra, "Al Nassr" xavfsizlik yuzasidan Eronga borishni istamayapti. Ayni damda xalqaro urush holatida bo'lib turgan Eron poytaxti Tehron xavfli hududlardan biri bo'lib turibdi.

Shu sababli Ar-Riyod klubi o'z futbolchilari hayotini xavf ostiga qo'ymoqchi emas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca