"Al Jazira" Frank de Burni ishdan bo'shatdi

Sherzod Nurmatov
12 dek 2023
"Al Jazira" bosh murabbiyi Frank de Burni so'nggi qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarganini e'lon qildi.

Kecha klub BAA Liga Kubogi chorak final bosqichida "Al Vahda"ga umumiy hisobda 4:5 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketdi.

Ichki chempionatda jamoa so'nggi 5 ta o'yinda 1 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etdi. Milliy chempionatda Abu-Dabi klubi 10 turdan keyin 7-o'rinni egallab turibdi.

Niderlandiyalik mutaxassis "Al Jazira"ni yozdan beri boshqarib kelayotgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: jc.ae