"Al Hilol" to'purari jamoani tark etdi

Sherzod Nurmatov
22 avg 2023
Hujumchi Mussa Marega "Al Hilol"dan ketdi.

32 yoshli malilik arab klubi bilan shartnomani bekor qilishga kelishib oldi.

Mussa Marega ikki mavsumni "Al Hilol" safida o'tkazgan va yetakchi hujumchi bo'lgan. U 75 ta uchrashuvda 25 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

"Al Hilol" mavsum oldidan keng ko'lamli transfer kampaniyasini amalga oshirdi. Xususan, Neymar, Malkom va Aleksandar Mitrovich transferlari yordamida hujumni kuchaytirdi. Bunday raqobat Maregani "Al Hilol"dan kyetishga majbur qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Arab News