“Ajdarlar” normativ testlarni topshirdi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2019
“Nasaf” jamoasi Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rish doirasida kecha O'FA Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi tomonidan o'tkazilgan normativ testlarni topshirdi.

Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi xodimi Sobir Pirnazarov “Nasaf” jamoasining Qarshidagi qarorgohida futbolchilaridan normativ testlarni qabul qilishdi.

“Ajdarlar” 7x50 metrga yugurish,"Yo Yo" test, 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash singari testlarni topshirishdi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz