AGMK ham Turkiyaga uchib ketdi: Toshmatov va Sulaymonov tarkibda yo'q

Sherzod Nurmatov
3 fev 2023
AGMK jamoasi o'quv-yig'in mashg'ulotining hal qiluvchi qismini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiradi.

Bugun erta tongdan jamoa Toshkent-Antaliya yo'nalishi bo'ylab safarga otlandi.

3-17 fevral kunlari klubning navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari Turkiyaning Antaliya shahrida olib boriladi. AGMK yig'in doirasida oltita nazorat o'yini o'tkazishni rejalashtirgan. Nazorat o'yinlari sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma'lumot beriladi.

Olmaliq klubining xorijiy yig'inga yo'l olgan to'liq tarkibi quyidagicha:

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Katta murabbiy: Aleksandr Volkov

Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev

Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar: Marat Axmerov, Aleksandr Stoymirovich

Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Bugalo

Jamoa mamurlari: Ruslan Shaymardanov, Sherzod Yunusov

Shifokor: Islam Abaev

Massajchilar: Abdulla Rizboev, Nurbek Jo'raev

Operator: Sherzod Boyirov

Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Valijon Rahimov, Dilshod Yoqubov

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev, Sardor Rahmonov, Anzur Ismoilov, Akramjon Komilov, Vitaliy Denisov, Eldorbek Begimov, Ulug'bek Sunnatov

Yarim himoyachilar: Mirjamol Qosimov, Sanjar Tursunov, Xurshid G'iyosov, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Siyavush Haqnazariy, Abdulla Abdullaev, Murat Ermatov, Sarvar Ablaev, Sirojiddin Bashriddinov

Hujumchilar: Mirjahon Mirahmadov, Martin Boake, Ruben Sanches

E'tiborlisi, ro'yxatda Mirg'iyos Sulaymonov va Murodjon Toshmatov mavjud emas.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати