Agbonlaxor: “Levandovski “Mikki Maus” ligasida o'ynaydi”

Eldor Akmurzayev
28 mar 2022, 09:15
Angliya TJ sobiq forvardi Gebriel Agbonlaxor “Bavariya” a'zosi Robert Levandovskini “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn bilan solishtirdi.

“Levandovskini qoyilmaqom to'purar deb o'ylardim. Unda aql bovar qilmas natijalar bor, ammo u “Mikki Maus” ligasida o'ynaydi.

Buni APL va Xarri Keyn bilan solishtiring, u Premer-ligada nechta gol urardi? Agar Keynni “Bavariya” hujumiga qo'ysangiz, u nechta gol urgan bo'lardi?”, deydi Agbonlaxor.

Polshalik hujumchi joriy mavsum Bundesligada 27 o'yinda qatnashib, 31+1 natija ko'rsatmoqda. Keyn esa APL 2021/22 mavsumida 28 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 5 ta pasni o'z hisobiga yozdirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TalkSport