Abduvohid Ne'matov: "Yangi murabbiyning talablarini bajarishga harakat qilyapmiz"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2025
MTJ darvozaboni Abduvohid Ne'matov Urugvayga qarshi bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun yaxshi raqibga qarshi o'ynadik. Yangi murabbiyning talablarini bajarishga harakat qilyapmiz. Mag'lub bo'ldik, ammo birinchi golda o'yindan tashqari holat bor edi, nazarimda. Ikkinchi golda esa himoyada xatoga yo'l qo'ydik. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham o'yinga qayta oldik va gol urdik.

Men avvalgi xatolarimga e'tibor bermayman. O'tgan o'yinlarni eslab yurishim noto'g'ri. Kelajak haqida o'ylashim kerak.

O'tkir aka Yusupovdan keyin darvozani qo'riqlash qiyin. O'tkir aka tezroq safga qaytishini tilayman. Har bir futbolchi uchun terma jamoada o'ynash sharaf. Qaysi o'yinchi bo'lishidan qatiy nazar vatan jamoasi uchun borini berishi kerak", - dedi Abduvohid Ne'matov bahs yakunlangach.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia