Abdurahmon Komilov: "G'alaba qozonishimizga jamoadagi birdamlik sabab bo'ldi"

Оқил Абдубарноев
14 apr 2025
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Andijon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Abdurahmon Komilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi o'yin o'tkazdik. Allohga shukr, yuzimiz yorug' bo'ldi. Muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Shunga qaramay, o'yin oson bo'lmadi. Muvaffaqiyatimizga jamoadagi birdamlik sabab bo'ldi. Andijonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, g'alabamizda ularning o'rni yuqori. Ular bizning o'n ikkinchi o'yinchimiz hisoblanadi. Muxlislar 90 daqiqa davomida jamoani yolg'izlatib qo'ymadi va motivaciya berib turdi.

Biz har bir o'yinga raqibdan kelib tayyorgarlik ko'ramiz. Murabbiylar har qanday holat bo'yicha ko'rsatmalar tayyorlaydi. 

Chempionat boshida o'yinlarda tushunmovchiliklar, yani moslashish jarayoni sodir bo'ldi. Shu bois muhim ochkolarni boy berdik. Lekin natijalarni yomon deya olmayman. Masalan, amaldagi chempion "Nasaf" bilan kuchlarimiz teng keldi", dedi 27 yoshli futbolchi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia