Abduqodir Husanov "Setanta Sports"ga intervyu berdi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2026
APLni O'zbekistonda namoyish etish huquqiga ega bo'lgan "Setanta Sports" O'zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov bilan suhbatlashdi.

Futbolchi bir qancha savollarga qisva va lo'nda javob qaytargan.

- Nega 45-raqamni tanlagansiz?

- Belarusning "Energetik-BGU" jamoasida o'ynagan paytimda – professional futboldagi dastlabki qadamimni 45-raqamda boshlaganman. Shuning uchun bu erda ham 45-raqam.

- Markaziy himoyachi yoki o'ng qanot himoyachi? Qaysi poziciyada o'ynash sizga ko'proq yoqadi?

- Markaziy himoyachi.

- Hozirgacha faoliyatingizdagi eng yaxshi, eng esda qolarli voqea qaysi?

- PSJga qarshi "Lans"dagi eng oxirgi o'yinim.

- Agar nafaqaga chiqqan himoyachilardan birini ideal markaziy himoyachi sherik sifatida tanlash imkoniyati bo'lganida, kimni tanlardingiz?

- Fabio Kannavaro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Setanta Sports