Abdumajidov qaysi xatolar ustida ish olib borilayotganini aytdi

Оқил Абдубарноев
29 mar 2026
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov Venesuelaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

– Venesuelaga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik qanday o'tmoqda?

– Tayyorgarlik a'lo darajada. O'yinga 100% tayyormiz. Raqibni va murabbiy nazariyasini o'rganib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

– Gabonga qarshi o'yinda bir necha xatolar kuzatilgandi. Aynan qaysi xatolarni bartaraf etish ustida ish olib borilyapti?

– Himoya va o'yinga bo'lgan diqqatni yo'qotmaslik kerakligi aytildi. Bugungi mashg'ulotda ham shu bo'yicha ishlaymiz va ertangi o'yinga tayyor bo'lib chiqamiz.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia