Abdulmalik Anvarov boshidan jarohat oldi

Alisher Ostonov
11 noya 2025
O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Abdulmalik Anvarov boshidan jarohat oldi.

Futbolchi JCH U-17 doirasidagi Panamaga qarshi o'yinda ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi. Anvarov 79-daqiqada jarohat oldi va shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Ma'lum bo'lishicha, unda miya chayqalishi ro'y bergan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Panamaga qarshi o'yinda 6:1 hisobida g'alaba qozondi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia