

- Har bir raqibga alohida tayyorlanyapmiz. "Loko"ni yaxshi o'rganganimiz bugun foyda berdi va 3 ochko ishlab oldik.
- To'pni ustingizdan oshirib tepayotganingizda darvozaga borishini his qildingizmi?
- Rostini aytsam, to'p o'sha nuqtaga kelishini sezib, zarbaga tashlandim. Gol haqida o'ylashga ulgurganim yo'q. Jamoadoshlarimning xursandchiligi to'p darvozaga kirganini bildirdi.
- Bugun "Neftchi" hisobidagi ochkolar soni 25taga etdi. Endi jamoa elitada qoladi, deb hisoblasak bo'ladimi?
- Ha, Superligada qolish masalasini hal qildik. Ayni paytda kuchli oltilikka kirish uchun kurashyapmiz.



