Abbos Otaxonov: “Iloji boricha yuqori o'rinlar uchun kurashamiz”

Iskandarov Abdulaziz
6 yanv 2026
O'tgan mavsumda Superligada o'z o'rnini saqlab qolgan “Xorazm” jamoasi Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Jamoa himoyachisi Abbos Otaxonov mashg'ulot jarayonlari hamda yangi mavsum oldidan qo'yilayotgan maqsadlar haqida fikr bildirdi.

- Tayyorgarlik jarayonlari qanday ketmoqda?

- 4 yanvar sanasida yig'inni boshladik. Kun davomida ikki mahal mashg'ulot o'tkazyapmiz. Mavsumga tayyorgarlikni yaxshi boshlab oldik. Tarkibimiz ham yanada to'liqlashadi. Hozircha asosiy e'tibor jismoniy holatni tiklashga qaratilgan.

- O'tgan mavsum bilan solishtirganda, bu yildan kutilmalaringiz qanday? Jahon chempionati sabab taqvim ham o'zgarishi mumkin…

- Murabbiylar bu omilni hisobga olgan holda tayyorgarlik ko'rishmoqda. O'tgan yilgi natijadan yaxshiroq ko'rsatkichlarga erishishga harakat qilamiz.

- Rahbariyat va murabbiylar jamoa oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Yig'inni endigina boshladik, bu borada hali katta yig'ilish bo'lgani yo'q. Ammo jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilmoqda. Iloji boricha yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia