A Seriyaning eng yaxshi to'purari Saudiyaga ko'chib o'tishi mumkin

Khoja
3 iyul 2025, 10:50
“Atalanta“ hujumchisi Mateo Retegi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Unga “Al Qodisiya“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar futbolchiga 60 million evro taklif qilishgan. Futbolchining o'ziga esa 3 yillik shartnoma va yiliga 24 million evro maosh berishmoqchi.

Ma'lumot uchun, Mateo Retegi o'tgan mavsum A Seriya to'purari bo'lgan. U 36 ta uchrashuvda 25 ta gol urishga erishgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com