40 yoshli Xoakin "Betis" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi

Alisher
6 iyul 2022
"Betis" yarim himoyachi Xoakin bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

40 yoshli ispan klub bilan 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar yangi shartnomaga imzo chekdi.

Xoakin - "Betis" sardori, u jamoada 2015 yilning avgustidan beri harakat qiladi.

Futbolchi o'tgan mavsum jamoa tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi va Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RealBetis