35 yoshli Xiton "Manchester Yunayted"ga qaytdi

Alisher
2 iyul 2021, 17:38
"Manchester Yunayted" rasmiy sayti klubga Tom Xiton qaytganini e'lon qildi.

35 yoshli darvozabon bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki mavsumlik kelishuvga imzo chekdi.

Tom Xiton "Manchester Yunayted"da 13 yilni o'tkazgan, ammo u ijara asosida harakat qilib, asosiy jamoada o'ynamagan.

Tom Xiton "qizil iblislar"ga tekinga tushdi. U kechadan boshlab "Aston Villa" bilan shartnomasi yakunlangani sabab erkin agentga aylangandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd