32 yoshli Xonda Italiyaga qaytishga yaqin

Mirjalol Normatov
31 may 2019, 00:55
"Melburn Viktori" yarim himoyachisi Keysuke Xonda "Breshiya"ga o'tishi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "Milan"ning sobiq futbolchisi A Seriyaning yangi jamoasi bilan kelishuvga erishgan. U ushbu klubga erkin agent sifatida borib qo'shiladi.

32 yoshli Xonda 2014-2017 yillar davomida "Milan" tarkibida 92 o'yinda 11 gol urgan va 14 golga assistentlik qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia