31 yoshli murabbiy APLda "oy murabbiyi" bo'ldi

Khoja
14 sen 2024
Fabian Hurceler Premer-ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

 Mutaxassis APL tarixida "oy murabbiyi" bo'lgan eng yosh murabbiy bo'ldi. 

31 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi Brayton dastlabki 3 ta turda 7 ochko to'pladi. Xususan, Manchester Yunaytedni (2:1) mag'lub etib, Londonda Arsenal (1:1) bilan durang o'ynashga erishdi. 

Germaniyalik murabbiy Braytonga shu yil yozda keldi. U o'tgan mavsumda Sankt-Paulini boshqarib, jamoani Bundesligaga olib chiqqan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com