2021 yil Xitoyda 24 jamoa ishtirokida jahon chempionati bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
26 avg 2017, 15:13
2021 yil Xitoyda yangicha ko'rinishda klublar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tadi va u Konfederatsiyalar Kubogi o'rnini egallaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, har to'rt yilda va iyun oyining ikkinchi qismida o'tkaziladigan turnirda 24 ta klub ishtirok etadi. Ular 8 ta guruhga ajratiladi va guruhlarda 3 tadan jamoa keyingi bosqich uchun kurash olib boradi. Birinchi o'rinni egallagan jamoa chorak finalga chiqadi. Ma'lum bo'lishicha, musobaqada Yevropadan 12 ta, Janubiy Amerikadan 5 ta, Afrikadan 2 ta, Osiyodan 2 ta va Shimoliy Amerikadan yana 2 ta jamoa ishtirok etadi. Yana bir yo'llanma Okeaniya va boshqa bir konfederatsiya o'rtasida o'ynaladi.

Yevropadan so'nggi to'rt yilda Chempionlar ligasida g'olib bo'lgan jamoa, so'nggi to'rt finalchi va UEFAda eng yaxshi koefficientga ega klub jahon chempionatiga boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo