Zeedorf "Real" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 mar 2019
"Real" sobiq futbolchisi, ayni damda Kamerun terma jamoasini boshqarayotgan Klarens Zeedorf "Qirollik klubi" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, gollandiyalik mutaxassis "Real" bilan muzokara o'tkazish uchun ruxsat olgan. Zeedorf Ispaniya poytaxtida Madrid jamoasi direktorlar kengashi vakillari bilan kechki ovqatni birga qildi. Ma'lum bo'lishicha, "Real" rahbariyati mavsum oxirigacha Zeedorfni jamoaga olib kelmoqchi.

Ayni damda "Real"ni Santyago Solari boshqarmoqda. Zeedorf 2018 yilning avgust oyida Kamerun bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS