Zaid Tahsin: "OKMKdan ustun edik. "Paxtakor" a'zosi bo'lish sharaf"

Administrator
6 avg 2025, 01:30
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – OKMK (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Zaid Tahsin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi o'yin o'tkazdik, ayniqsa ikkinchi bo'limni samarali o'tkazdik. Raqibdan ustun edik. O'yinni nazorat qildik. O'tkazib yuborilgan gollarni ko'rgan bo'lsangiz, raqib standart vaziyatlardan unumli foydalanib ketdi. Bunday xatolar ustida ko'proq ishlashimiz kerak. Kelgusida barcha kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Oldinda muhim o'yinlar kutib turibdi.

"Paxtakor" O'zbekistondagi eng nufuzli va ulkan klub hisoblanadi. Ushbu jamoa a'zosi bo'lish nafaqat men, balki har bir futbolchi uchun sharaf. Inshaalloh, mas'uliyatni oqlashga harakat qilaman", dedi iroqlik futbolchi.



AdministratorMuallif
Manba: championat.asia