"Yuventus": "Alvaro Turinga uchib keldi!"

Alisher
22 sen 2020
"Atletiko" forvardi Alvaro Morata Turinga uchib keldi.

Futbolchi tez orada "Yuventus" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va tomonlar bugunoq bitimga imzo chekishadi.

Oldin xabar berilganidek, "Yuventus" Moratani 45 million evroga sotib olish huquqi bilan 10 million evroga ijaraga olmoqda. "Atletiko" futbolchini qo'yib yuborishga rozi bo'ldi, sababi uning o'rniga Luis Suares bilan shartnoma imzolanishi mumkin. Qayd etish kerakki, Alvaroning o'zi "Atletiko"dan kyetishga oshiqmayotgan edi, ammo Madrid klubi moliyaviy inqiroz paytida bunday taklifga rad javobini bera olmadi.

Ispaniyalik futbolchi oldin ham "Yuventus"da to'p tepgan.  Morata Turin klubi tarkibida 93ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol urishga erishgan.




AlisherMuallif
Manba: juventus.com