Yulian Nagelsmann Virtcni maqtadi

Mirjalol Normatov
12 okt 2025
Germaniya termasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann milliy jamoa futbolchisi Florian Virtcni maqtadi.

Germaniyalik futbolchi ushbu mavsumda "Liverpul" tarkibida APLda hali sermahsullik qayd etmadi.

"Garchi gol ura olmayotgan bo'lsa-da, u APLda eng ko'p vaziyat yaratgan futbolchi bo'lib turibdi. Jamoadoshlari u yaratgan vaziyatlardan gol ura olmayotgan bo'lsa, bu Florianning aybi emas.

Virtc shunchaki ligaga ko'nikib olishi kerak. Ko'rdim u jamoaga o'rnashib oldi. U nimalarga qodir ekanligini yaxshi biladi. Barchaga ham oson emas, shu sababli u hozir ham mehnat qilishi kerak", - dedi Nagelsmann.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport1.de