York Kazemiro "Manchester Yunayted"ga kerak emas deb hisoblaydi

Alisher
26 avg 2022, 10:20
"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi Duayt York Kazemironing Angliya klubiga o'tgani haqida nimalarni o'ylayotgani haqida gapirdi.

"Kazemiro MYUga kerak bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga kiradi deb o'ylamayman. Klub allaqachon o'zining bosh maqsadlarini yo'qotdi. Rahbariyat o'yinchilar bilan shartnoma imzolayotganda, ko'proq kreativlikka e'tibor qaratishi kerak edi", - deydi York.

30 yoshli braziliyalik "Manchester Yunayted"ga "Real"dan o'tdi. U Madrid jamoasi bilan birga 18ta sovrin yutgan.

Bitim 70,65 million evroni tashkil etdi. Manchnesterliklar bilan kelishuv bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2026 yilga qadar tuzilgan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun