"Yondiradigan" aprel

Xayrulla Xoliqov
4 apr 2022
Bir necha kun davom etgan yomg'irdan so'ng issiq kunlar ham boshlandi.

Aprel oyi kirib keldi. Bu oyda e'tiborimiz ko'proq Superligadan ko'ra xalqaro maydonlarga qaratiladi. Sababi "Paxtakor" va "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasi guruh o'yinlarini o'tkazsa, O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi. 

Gapni OCHLdan boshlaydigan bo'lsak, bu mavsum O'zbekiston sharafini ushbu musobaqada ikkita klub himoya qiladi. Bilasiz, Osiyo chempionlar ligasining G'arb mintaqasi barcha guruh o'yinlari Saudiya Arabistonida tashkil etiladi. 

"D" guruhidan joy olgan "Paxtakor" o'z o'yinlarini Burayda shahrida, "E" guruhi vakili "Nasaf" esa uchrashuvlarni Dammamda o'tkazadi.

"Paxtakor" guruhidan Eronning "Sepaxon", Saudiya Arabistoni klubi "Al Taavon" hamda Qatarning "Al Duhayl" klublari o'rin olgan. Albatta, diqqat-markazimizdagi bahs "Paxtakor"ning "Al Duhayl"ga qarshi ikkita o'yini bo'ladi.

"Paxtakor" o'yinlari taqvimi:   

7 aprel. "Paxtakor" - "Sepaxon"

10 aprel. "Al Taavon" - "Paxtakor"

14 aprel. "Al Duhayl" - "Paxtakor"

18 aprel. "Paxtakor" - "Al Duhayl"

22 aprel. "Sepaxon" - "Paxtakor"

26 aprel. "Paxtakor" - "Al Taavon"


"Nasaf" joy olgan guruh ham qiziq ko'rinishda. Qarshiliklar o'z o'yinlarini Iordaniyaning "Al Vihdat", Saudiya Arabistoni klubi "Al Faysali" hamda Qatar yetakchisi "Al Sadd"ga qarshi o'tkazishadi.

"Nasaf" o'yinlari taqvimi:

8 aprel. "Al Sadd" - "Nasaf"

11 aprel. "Nasaf" - "Al Vihdat"

15 aprel. "Nasaf" - "Al Faysali"

19 aprel. "Al Faysali" - "Nasaf"

23 aprel. "Nasaf" - "Al Sadd"

27 aprel. "Al Vihdat" - "Nasaf"


E'tiborimiz futzalga ham qaratiladi

Shuningdek, bu oyda O'zbekiston futzal milliy terma jamoamiz ham rasmiy o'yinlarda ishtirok etadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari Qirg'iziston poytaxti Bishkekda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati saralash bosqichida qatnashib qaytishadi. 

"B" guruhida kurash olib boradigan futzalchilarimizning o'yinlar taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan. 

10 aprel. O'zbekiston - Nepal

11 aprel. Afg'oniston - O'zbekiston

12 aprel. O'zbekiston - Tojikiston 

P.S. Guruhdan ikkita terma jamoa Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqadi. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati shu yilning 25 sentyabr - 20 oktyabr kunlari Quvaytda bo'lib o'tadi. 

Shunday qilib bizni aprelda bir-biridan qiziq bahslar kutmoqda. Xalqaro maydonlarda Vatanimiz nomidan kurashga chiqadigan jamoalarga omad tilaymiz.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia