Yaya Ture Ukrainada ish boshlaydi

15 yanv 2021, 19:25
"Barselona" va "Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture Ukrainaning "Olimpik" klubi murabbiylar shtabiga qo'shiladi, deya xabar tarqatdi "ProFutbol".

Takidlanishicha, "Olimpik" rahbariyati 37 yoshli ivuarlik bilan kelishuvga erishgan. Ture uchun Ukraina chempionati begona emas, u 2003-2005 yillarda Doneckning "Metallurg" klubida to'p tepgan edi. "Olimpik" jamoasi Ukraina chempionati turnir jadvalida 7-pog'onani egallab turibdi.

Ma'lumot uchun, Yaya Ture 2020 yilda faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Uning so'nggi klubi Xitoyning "Cindao Xaynyu" jamoasi bo'lgan edi.


Manba: ПроФутбол