Xoylund Anri, Xoland va Lukakudan ham yuqorida

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024
Angliya Premer ligasi 25-turi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasi "Luton Taun" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ana shu uchrashuvda "qizil iblislar" hujumchisi Rasmus Xoylund dubl qayd etdi. Bu daniyalik forvardning APLda ketma-ket oltinchi bellashuvda gol urishi. Shu tariqa, 21 yoshli Rasmus APLning ketma-ket 6ta o'yinida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu borada u Teri Anri, Romelu Lukaku va Erling Xoland kabi "yirtqich" hamkasblarini ortda qoldirdi.

APL tarixida ketma-ket 6ta o'yinda gol urgan eng yosh futbolchilar:

1. Rasmus Xoylund, "Manchester Yunayted" - 21 yosh 14 kunlik

2. Jo Uillok, "Nyukasl" - 21 yosh 272 kun

3. Erling Xoland, "Manchester Siti" - 22 yosh 73 kun

4. Romelu Lukaku, "Everton" - 22 yosh 213 kun

5. Teri Anri, "Arsenal" - 22 yosh 263 kun.


Bundan tashqari, Xoylund MYU afsonalari qayd etgan natijani ham takrorladi. Yani, shu kungacha MYUning faqatgina 3 nafar o'yinchisi ketma-ket 6ta uchrashuvda gol urishni uddalagan. Bular: Erik Kantona (1995/1996 yilgi mavsum), Krishtianu Ronaldu (2007/2008) va Ruud van Nistelroy (2001/2002, 2002/2003 va 2005/2006).


Angliya Premer ligasi turnir jadvali >>>>> APL


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/premierleague