Xitcfeld: "Men Kloppga "Real" bosh murabbiyligini ishongan bo'lar edim"
Aslanov Jasurbek
15 may 2015, 15:49
Shveytsariya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ottmar Xitcfeldning hisoblashicha, Dortmundning "Borussiya" ustozi Yurgen Klopp "Real" bosh murabbiyligi lavozimida ishlashi mumkin.
"O'ylashimcha, Klopp "Real"da ishlay oladi. U tuyg'ularga boy va taktika borasida juda zukko mutaxassis. Qiyin vaziyatlarda u tetik qolib, to'g'ri qaror chiqara oladi" - deydi Xitcfeld.