Navas 2003 - 2013 yillar davomida "Sevilya" sharafini himoya qilgan, keyin "Manchester Siti"ga o'tib, 2017 yil jonajon jamoasiga qaytgan.

"Sevilya" himoyachisi Xesus Navas mavsum yakunida klubdan ketadi.
Futbolchi ushbu qarorini bugun tongda jamoadoshlari va klub xodimlariga ma'lum qilgan. Umumiy hisobda 688 o'yinda maydonga tushgan Navas "Sevilya" rekordchisi hisoblanadi. Shuningdek, u "qizil-oqlar" safida eng ko'p sovrin yutgan futbolchi ham - 8 (u to'rt marta UEFA Kubogi/Yevropa Ligasida, ikki bor Ispaniya Kubogida, bir martadan UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida zafar quchgan.
Navas 2003 - 2013 yillar davomida "Sevilya" sharafini himoya qilgan, keyin "Manchester Siti"ga o'tib, 2017 yil jonajon jamoasiga qaytgan.
