

Yarim himoyachisi Xatem Ben Arfa rasman "Lill" o'yinchisiga aylandi. 34 yoshli futbolchi joriy mavsumning oxiriga qadar "Lill" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Fransiyalik futbolchi o'tgan yilning yozidan beri jamoasiz edi. "Bordo" bilan amaldagi shartnoma o'z yakuniga etgandan so'ng, futbolchi boshqa biror jamoaga o'tmagandi.