"Vulverxempton" koreyalik futbolchining transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2022, 22:50
Janubiy koreyalik hujumchi Xvan Xi Chxan "Vulverxempton"ning to'laqonli a'zosiga aylandi.

Bunga qadar futbolchi "Leyptsig"dan ijara asosida olingandi. Forvard bilan shartnoma 2026 yil yoziga qadar tuzildi. Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, uning transfer summasi 16 million evroga teng bo'lgan.

Ushbu mavsumda Xvan APLning 14 o'yinida qatnashib, 4 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Wolves