"Vinisiusni 10 soniyada nokautga uchratgan bo'lardim"

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2025, 12:48
"Malorka" himoyachisi Pablo Maffeo "Indómitos TV" podkastida bo'ldi va futbolni tanlamaganida bokschi bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

Mezbon u va "Real" hujumchisi Vinisius Junior o'rtasidagi taxminiy boks jangi haqida so'raganida, Maffeo kulib javob berdi:

"Bu turli olamlar, xayoliy hayot, lekin menimcha, bu tarixdagi eng ko'p tomosha qilingan jang bo'lardi. O'ylaymanki, men g'alaba qozonardim, shubhasiz, men uni 10 soniya ichida nokautga uchratardim", – dedi Maffeo.

Pablo, shuningdek, hozir hech kimni jangga chorlash niyatida emasligini aytdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Indómitos TV