"Vilyarreal" prezidenti klubning Kavaniga ehtimoliy qiziqishi haqida gapirdi

Alisher
20 iyul 2022, 11:01
"Vilyarreal" prezidenti Fernando Roig MYU sobiq hujumchisi Edinson Kavanining ehtimoliy o'tishi haqida nimani o'ylashini aytdi.

"Kavani hujumchiku? Xo'sh, kimnidir xarid qilishdan oldin, kim bilandir xayrlashishimiz kerak", - deydi Roig.

Futbolchi ushbu yozda "Manchester Yunayted"dan shartnomasi yakunlanganidan so'ng ketdi.

U o'tgan mavsum MYU tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Marca