Villian "Arsenal"dagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2020
"Arsenal" yangi a'zosi Villian jamoa bilan birinchi mashg'ulotini olib bordi.

"Kanonirlar" braziliyalikni yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida o'z saflariga qo'shib oldilar. Bungacha u "Chelsi"da o'ynagan.

O'yinchi "to'pchilar" bilan 3 yillik shartnoma imzolagan bo'lib, haftasiga 220 ming funt miqdorida maosh oladi.

Ma'lumot uchun, Premer-liganing yangi mavsumi 12 sentyabr, shanba kuni boshlanadi. "Arsenal" birinchi turda "Fulxem" bilan bahs olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com