"Vest Xem" Yarmolenkoni sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
25 dek 2021, 21:56
"Bolg'achilar" endi o'yinchiga tayanishmaydi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Vest Xem" yanvar oyida vinger Andrey Yarmolenkoni sotishga tayyor. Futbolchining "bolg'achilar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi va u katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi.

London klubi ukrainalik futbolchi yozda tekinga kyetib qolmasligi uchun uni yanvarda sotishga harakat qiladi. Oldinroq uning xizmatlariga "Jenoa" qiziqish bildirayotgani haqida aytilgandi.

32 yoshli vinger joriy mavsumda barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports