Vardiga La Ligadan taklif bor

Khoja
23 may 2025
“Lester“ hujumchisi Jeyi Vardi APLdan La Ligaga ko'chib o'tishi mumkin.

Unga Ispaniyaning “Valensiya“ jamoasi qiziqish bildirmoqda.

La Ligada 12-o'rinda ketayotgan jamoasi 38 yoshli hujumchini erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi. Vardiga shuningdek, APLning bir nechta jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Vardi joriy mavsum 36 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. U “Lester“da 2012 yildan beri harakat qilib kelayotgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com