Van Deyk Saloh bilan suhbati haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk Muhammad Saloh Afrika Millatlari Kubogidan keyin jamoaga qaytishiga umid qilayotganini bildirdi.

"Men Muhammad Salohga uni jamoada qolishini istashimni aytdim. Qolganini esa sizlarga ayta olmayman.

Men uni yonimda ko'rishni juda istayman, chunki u yetakchilardan biri. Ammo haqiqat shuki, u Afrika Millatlari Kubogiga yo'l olyapti.

Barchamiz Saloh qaytib kelib, mavsum oxirigacha biz uchun muhim figura bo'lishini umid qilamiz. Biroq boshqa tomondan qarasak, futbolni bilamiz va nima bo'lishini hech kim aniq ayta olmaydi", – dedi himoyachi.

Avvalroq "Brayton"ga qarshi zaxiradan tushib, golli pas bergan va Runining rekordini yangilagan Saloh uchrashuvdan keyin mikst-zonada intervyu berishni xohlamagan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano