

Ma'lumki, ummonliklar biz bilan bir guruhda kurash olib borgan hamda ilk o'yinda bizga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Keyinchalik bu jamoa uchinchi o'rinni olib bo'lsa-da guruhdan chiqdi va 1/8 finalda Eronga mag'lub bo'lib musobaqani tark etdi.
Bugun esa Ummon futbol federatsiyasi gollandiyalik murabbiy iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. Xabarda Pim Verbekning shu bilan murabbiylik faoliyatini to'gatmoqchi ekani ham aytilgan.



