

Shotland klubi chorshanba kuni YCHL 2-turi doirasida "Napoli"ga qarshi o'ynagandi. Qirolicha Elizaveta II o'limi sabab ushbu o'yin 13 dan 14 sentyabrga ko'chirilgandi.
Motam sabab Britaniya klublari YCHL o'yinlari oldidan mamlakat madhiyasini ijro etish uchun UEFAdan ruhsat so'rashgan va rad javobini olishgandi.
Biroq, "Reynjers" ushbu taqiqqa qaramay bir daqiqalik sukutdan so'ng Britaniya madhiyasini ijro etdi.
Bu bo'yicha UEFA klubga chora ko'rishi kutilgandi.
Ammo, Daily Mail xabariga ko'ra, UEFA "Reynjers"ni jazolamaydi.



