UEFA "Barselona"ning YCHLdagi hakamlik ustidan shikoyatini nomaqbul deb topdi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2026, 17:50
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Nazorat, etika va intizom qo'mitasi matbuot xizmati "Barselona"ning Chempionlar Ligasi chorak finalining "Atletiko"ga (0:2) qarshi birinchi o'yinidagi hakamlik yuzasidan bildirgan shikoyatini qabul qilib bo'lmaydigan deb e'lon qildi.

"Barselona" va "Atletiko" Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yinidan so'ng "Barselona" hakamning qarori bo'yicha shikoyat bilan murojaat qildi. 2026 yil 13 aprelda UEFA Nazorat, etika va intizom qo'mitasi norozilikni nomaqbul deb e'lon qildi", – deyiladi UEFA bayonotida.

Kataloniya klubi "Atletiko" himoyachisi Mark Pubil qo'l bilan o'ynaganidan keyin penalti belgilanmaganidan norozi. "Barselona" bu qaror noto'g'riligini va bu o'yin natijasiga bevosita ta’sir qilganini aytdi. Javob o'yini 14 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com