U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi - Xitoy!

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2026
Bugun U-23 Osiyo Kubogi guruh bosqichining so'nggi o'yinlari bo'lib o'tdi.

Iroq U-23 - Avstraliya U-23 1:2

Iroq g'alabaga juda yaqin kelgandi, ammo bahs oxirida 2 ta gol o'tkazib, mag'lubiyatga uchradi va turnirni guruh bosqichida yakunlaydigan bo'ldi.


Tayland U-23 - Xitoy U-23 0:0

Kunning yana bir bahsida Tayland va Xitoy Olimpiya terma jamoalari golsiz durang qayd etishdi. Ushbu natija Xitoy terma jamoasiga guruhdan chorak finalga yo'l olishi uchun etarli bo'ldi.



Chorak final: O'zbekiston - Xitoy!

Guruh bosqichidagi natijalarga ko'ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi chorak finalda Xitoyga qarshi maydonga tushadigan bo'ldi. Bahs 17 yanvar kuni 16:30da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia