U-17 Jahon chempionati. Finalchilar aniqlandi

Khoja
25 noya 2025
Kecha Qatar maydonlarida bo'lib o'tayotgan U-17 Jahon chempionatining finalchilari aniqlandi.

O'zbekiston o'smirlar termasini JCHdan chiqarib yuborgan Italiya Avstriyaga mag'lub bo'ldi, va mundial bilan xayrlashdi.

U-17 Jahon chempionati. Yarimfinal. 24 noyabr

Avstriya - Italiya 2:0

Gollar: Mozer (57, 90+3).



Ikkinchi yarim finalda esa Portugaliya va Braziliya o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Yevropa jamoasiga kulib boqdi.

U-17 Jahon chempionati.  Yarimfinal. 24 noyabr

Portugaliya - Braziliya 0:0

Penaltilar seriyasi - 6:5.



Shu tariqa, 27 noyabr kuni bo'lib o'tadigan final bahsida Avstriya va Portugaliya o'smirlar terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia