"Turon" jamoasida nimalar bo'lmoqda?

Iskandarov Abdulaziz
21 noya 2023
Mavsum yakuniga kelib Superliga jamoalaridagi muammolar suv yuziga qalqib chiqishni boshlamoqda.

"Turon" futbolchilarining saytimizga ma'lum qilishicha, klubda 4 oydan beri maosh berilayotgani yo'q. Bundan tashqari safar uchrashuvlariga o'yin kuni borilayotgani, futbolchilarning ovqatlanishi, bazadagi isitish tizimi (otoplenie) bilan bog'liq muammolar bor. Jamoa faqat o'yindan 3 kun oldin yig'ilmoqda. 

Bizga yetib kelgan xabarlarga ko'ra, hozirgi kunga kelib jamoani 7 nafar futbolchi tark etgan. Deylik, yaypanliklar a'zosi Nodirbek Mukarov "Nasaf" safida mashg'ulotlar o'tkazayotganini ko'rish mumkin.

Ma'lumot uchun, "Turon" ayni paytda Superligada 16 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi turni 22 noyabr kuni Yaypanda "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia