"Tottenxem" Regilon, Lamela va Lo Chelsoni jazoladi

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2021, 21:06
Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “shporlar”ning uch a'zosi – himoyachi Serxio Regilon, yarim himoyachilar Jovani Lo Chelso va Erik Lamela karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi. Ular “Vest Xem” xavbeki Manuel Lansini bilan birga Rojdestvo bayramini hukumatning karantin qoidalariga zid holda nishonlagani suratga olingan va bu internet tarmoqlarida tarqalib ketgan. “Tottenxem” ushbu holatni o'ta salbiy kutib oldi va shu tufayli klub futbolchilarga o'z vazifalarini eslatib, pul jarimasi bilan jazolashga qaror qildi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bo'lib o'tgan voqea yuzasidan “Tottenxem” hamda “Vest Xem” rahbarlari bilan suhbat o'tkazgan.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic

O'xshash yangiliklar