"Torino" Naynggolanni qo'lga kiritmoqchi

13 iyun 2020, 00:49
Ijara asosida "Kalyari"da to'p tepayotgan "Inter" futbolchisi Raja Naynggolan faoliyatini Turin klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Football Italia nashri ma'lum qildi.

"Torino" "Inter"ga belgiyalik yarim himoyachining o'rniga Armando Icco yoki Nikolya Nkulu singari himoyachilardan birini taklif qilishga tayyor. "Neradzurrilar" kelasi mavsum jamoani tark etishi kutilayotgan Diego Godinning o'rnini eggalaydigan mudofaachi qidiryapti. "Torino" rahbariyati ushbu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Naynggolanning o'zi "Roma" qaytish istagi borligini bildirgandi.


Manba: Football Italia