Toni Kroos Vinisiusni tanqid qildi

Administrator
19 noya 2025
"Real"ning sobiq futbolchisi jamoaning boshqa bir a'zosi haqida gapirdi.

Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoa hujumchisi Vinisius Junior haqida tanqidiy fikr bildirdi.

"Unga ko'p marta o'yin davomida bo'ldi, bas qil deb aytardim. Uning xatti-harakatlari jamoaga zarar keltiriyotganini barchamiz sezardik. U tufayli hamma narsa bizga qarshi ishlayotgandek tuyulardi. Maydonda uni tinchlantirish uchun harakat qilardim, ayniqsa, diqqatini yo'qotmasligi uchun, chunki bazan shunday bo'lardi. Unga: Vinisius, sen shunchalik iqtidorlisanki, bunday qilishing shart emas. Men ham almashtirilganimda xursand bo'lmasdim. Lekin, to'g'risini aytsam, hech qachon almashtirilganimdan so'ng darhol kiyinish xonasiga qaytmaganman," - deya Kroosning so'zlarini keltiradi Footmercato.

Vinisius joriy mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va beshta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: Footmercato